Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-Mansh ostidagi tunnellar ostidan poyezd qatnashi qaytadan yo‘lga qo‘yildi
Eurostar tezyurar yo‘lovchi poyezdlari La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan tunnel orqali qatnashda davom etmoqda. Temir yo‘l kompaniyasining sayti orqali xabar qilinishicha, birinchi poyezd 07:10da Parijdan Londonga yetib keldi.
Tunnel ostidan poyezdlarning yurishi seshanba kuni to‘xtatib qo‘yilgan edi. Bunga Fransiyaning Kale portida MyFerryLink kompaniyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ish tashlashi sabab bo‘lgan edi. Dengizchilar Eurostar’ga tegishli bir qism MyFerryLink paromlarining sotilishiga o‘z noroziliklarini bildirgan edi.
Namoyishchilarning xatti-harakatlari oqibatida tunnelga kirishdagi temir yo‘l polotnosiga zarar yetkazildi, buning natijasida liniyada harakat to‘xtatildi.