22:50 / 24.06.2015
1905

Londonning Vest-End tumani dunyodagi eng qimmatbaho ofis ko‘chmas mulki bozori deb ataldi

Londonning Vest-End tumani dunyodagi eng qimmatbaho ofis ko‘chmas mulki bozori bo‘lib qolmoqda, deb aytilmoqda CBRE xalqaro konsalting kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotda.

Bu yerda ofis ko‘chmas mulki ijara narxi yiliga bir kv. fut maydonga 267 dollargacha yetadi. Undan keyingi o‘rinlar quyidagicha ko‘rinish olgan: Gonkong (markazi) – yiliga bir kv. fut maydonga 254 dollargacha; Pekin (moliyaviy kvartali) – 196 dollargacha; yana Pekin, biroq bu gal markaziy ishbilarmonlik tumani – yiliga bir kv. fut maydonga 188 dollargacha. 5-o‘rinda Nyu-Dehli (Konnot-Pleys – markaziy ishbilarmonlik tumani) yiliga bir kv. fut maydonga 157 dollargacha narx bilan kelmoqda.

Moskva bu reytingdan 9-o‘rinni egalladi, bu yerda ofis ko‘chmas mulkining narxi bir yilga bir kv. fut uchun 128,1 dollarni tashkil qiladi.

Bu borada eng qimmat bozorlar soni bo‘yicha hamon Osiyo yetakchilik qilmoqda.

Top