Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maradona: JCh-1990 finali oldidan Grondona menga taslim bo‘laverish kerakligini aytgandi
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diyego Maradona Germaniyaga qarshi kechgan JCh-1990 finali haqida gapirib o‘tdi.
"Final oldidan men Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Xulio Grondona bilan ko‘rishdim. U menga "Finalgacha yetib keldik, bo‘ladi. Endi o‘yinni berishimiz kerak" dedi.
Men unga biz o‘yinni bermasligimiz, yelkamdagi og‘riq bo‘lishiga qaramasdan bor kuchim bilan o‘ynamoqchiligim, u esa men maydonda nima qilishimga ko‘rsatma bera olmasligini aytdim.
O‘yinga bor kuchim bilan kirishdim, ammo hakam Kodesal Mendes faqat nemislar tarafini olib, hushtak chalaverdi", - deydi Maradona.
Eslatib o‘tamiz, 1986 yilgi mundial g‘oliblari 1990 yilda Germaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishgandi.