Jahon | 19:56 / 24.06.2015
6955
2 daqiqa o‘qiladi

NASA Marsda sirli piramidani aniqladi

AQSh koinot agentligi NASA marsoxoddan olingan, Marsda qadimiy sivilizatsiyalarga xos bo‘lgan piramida ko‘rinishidagi inshoot suratini chop etdi.

The Daily Mirror nashrining xabar berishicha, suratlarda piramidani ideal ravishda takrorlovchi shakl tasvirlangan.

Olimlar bu piramida “qizil sayyorada” o‘zga sayyoraliklar sivilizatsiyasi mavjudligining isboti bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.

Britan OAVlarining aytishicha, piramida ko‘rinishidagi sirli shakl avtomobil o‘lchami bilan barobar.

Fotosurat chop etilgandan keyin jamiyat qarama-qarshi fikr bildirayotgan ikki tomonga ajraldi: kimdir suratda piramida emas, balki toshdan tushayotgan soya tasvirlangani, kimdir esa qadimiy inshoot aniq ko‘rinayotganini ta'kidlamoqda.

Olimlar, shuningdek, bu sirli shakl shamol yordamida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Aytish joizki, bu marsoxoddan olingan birinchi sirli fotosuratlar emas. Avvalroq qizil sayyorada portlashdan keyin hosil bo‘ladigan qo‘ziqorin ko‘rinishidagi bulutlar va ishchi soyasi kabi tasvirlar qayd qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish