Jahon | 18:02 / 24.06.2015
1557
1 daqiqa o‘qiladi

NATO javob berish kuchlari kontingentini 40 ming kishigacha oshiradi

NATOga a'zo davlatlar Mudofaa vazirlari alyansning javob berish kuchlari kontingentini 40 ming kishigacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

“Men NATO javob berish kuchlari imkoniyatlari, jumladan, havo, dengiz va maxsus vazifalarni bajaruvchi kuchlarini kuchaytirishimizni kutmoqdaman. Umuman, biz bu kuchlarni 40 minggacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, deb aytdi Stoltenberg.

Avvalroq NATO tomonidan yaratilayotgan tez javob berish kuchlari ommaviy norozilik tadbirlari sharoitidagi harakatlar uchun ham mo‘ljallanishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish