18:32 / 24.06.2015
1778

Novosibirskda davlat avtomobil ispektsiyasi xodimi mashina o‘g‘risi taklif qilgan 10 ming dollar porani rad etdi

Rossiyaning Novosibirsk viloyati sudi davlat avtomobil ispektsiyasi xodimiga pora taklif qilgan qozog‘istonlik 24 yoshli fuqaroga jazo hukmini chiqardi, deb xabar bermoqda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat tergov boshqarmasi.

2015 yilning mart oyida “Novosibirsk-Irkutsk” trassasining Novosibirsk viloyati Moshkov tumani hududida yo‘l-transport xizmati inspektorlari jinoyatchi Lexus LX-570 avtomobilini ortib olib ketayotgan Mercedes avtomobilini to‘xtatishdi.

Lexus ning raqamlari tekshirilganda avtomobil Belarus hududida o‘g‘irlangan va olib qochilgan avtomobil sifatida federal qidiruvda bo‘lgani aniqlandi. Avtomobil musodara qilindi.

Musodara qilingan avtomobilni qaytarib olish uchun yigit Ichki ishlar vazirligining mahalliy bo‘limida tezkor ish bo‘yicha politsiya boshlig‘i o‘rinbosariga 10 ming dollar pora taklif qildi. Biroq politsiyachi porani olishdan bosh tortdi.

Oqibatda Qozog‘iston fuqarosi ushbu qilmishi uchun 37 mln rubl jarima to‘lash bilan 3 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Top