Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York hukumati shaharda politsiyachilar sonini oshiradi
Yaqin kelajakda AQShning Nyu-York shahrida politsiyalar soni ortadi va 2016 yilning iyuliga kelib ularning soni 35800 nafarni tashkil qiladi.
Bunday qarorga shahar meri Bill de Blazio va shahar Kengashi spikeri Melissa Mark-Viverito keyingi yilda shaharning yillik byudjyeti $78,5 mlrd.ni tashkil qilishi masalasi bo‘yicha muhokamasi davomida kelishgan, deb yozmoqda TASS nashri.
Mazkur summadan $170 mln. hozirda 34500 nafarni tashkil qilayotgan politsiya xizmati kuchini oshirishga sarflanadi. Spikerning qayd etishicha, «shahar hokimiyati jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurash uchun muhim resurslarni jalb qilish muhim» sanaladi.
Shuningdek, yangi tizimga ko‘ra, 400 nafar idorada ishlaydigan politsiya xodimlari tezkor guruhlarga jalb qilinadi. Merning so‘zlariga ko‘ra, yangi jalb qilingan politsiya xodimlarining bir qismi terrorizmga qarshi kurash uchun safarbar qilinsa, qolgan qismi 95ta shahar politsiya punktlariga yuboriladi va patrul xizmatiga safarbar qilinadi.