16:29 / 24.06.2015
2900

Olland AQSh Parijga fransuz prezidentlarini kuzatish uchun josuslarini jo‘natganini qoraladi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Amerika milliy xavfsizlik agentligining o‘zini kuzatish uchun kuzatuvchi yollaganini «nomaqbul» harakat deya baholadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Fransiya o‘zining xavfsizligiga xavf tug‘diradigan har qanday holatga toqat qila olmaydi va o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha ishni amalga oshiradi», deya ta'kidlab o‘tdi Olland.

Oldinroq, Wikileaks tarmog‘ida chop etilgan hujjatlarga ko‘ra, AQSh MXAsi Fransiya prezidentlari Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va shuningdek amaldagi prezident Fransua Ollandni kuzatib borish uchun doimiy josuslarga ega bo‘lgan. AQSh MXAsi bu ma'lumotlarni rad etgan.

Top