18:25 / 24.06.2015
3908

Pentagon Rossiya va Xitoyni koinotdan nazorat qilmoqchi

Pentagon Birlashgan fazo operatsion markazini tashkil etmoqda. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad Rossiya va Xitoyning AQSh harbiy va hukumat sun'iy yo‘ldoshlariga tahdidlariga qarshi turishdir. Bu haqda Markus Veysjyerber Defense One nashrida e'lon qilingan maqolasida yozdi.
Pentagon rejalariga ko‘ra, markaz yaqin olti oy ichida tashkil etilib bo‘lishi kerak. Uning asosiy maqsadi harbiy va hukumat yo‘ldoshlarini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uorkning so‘zlariga qaraganda, markaz AQShning Rossiya va Xitoy ustidan texnologik jihatdan ustunlik qilishini ta'minlaydi.
Uorkning fikricha, ushbu ikki davlat AQShning fazodagi kuchlariga tahdid solishi mumkin.

Top