Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pioneer Productions» kompaniyasi Discovery telekanali uchun Buxoro haqida film ishlaydi
Buyuk Britaniyaning "Pioneer Productions" kompaniyasining ijodiy guruhi Discovery Networks International telekanali uchun ishlanayotgan hujjatli serialning bir qismi bo‘ladigan Buxoro haqidagi filmni suratga olish uchun shu kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda «O‘zbekturizm» matbuot xizmati xabar bergan.
10 yildan ortiqroq vaqt davomida BBC2, ITV, Sky One singari yirik kanallar uchun ishlagan teleboshlovchi va yozuvchi Devid Baddiel Buxoroning boy tarixi va an'analari haqida so‘zlab beradi.
Suratga oluvchi guruh tarkibidan Raging Planet (Chanel 4), Wonders of weather (Discovery), Extreme Homes (HGTV) va How the Universe Works (NOVA) kanallari uchun ishlagan operator va jurnalistlar o‘rin olgan.
Bu Buyuk ipak yo‘lining sivilizatsiya rivojidagi tarixiy ahamiyatini yoritish bo‘yicha eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Loyiha «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi va BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) o‘rtasidagi «Buyuk ipak yo‘li» brendining reklamasi bo‘yicha hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.
Ma'lumot uchun, Discovery kanali dunyoning 220 mamlakatida efirga chiqadi va 2,8 mlrd auditoriyaga ega hisoblanadi.
Bu hujjatli film shu yilning oxiriga qadar tayyor bo‘lib, efirga uzatilishi aytilgan.