Jahon | 07:42 / 24.06.2015
2072
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko aksilterror qo‘mitasiga yangi rahbar tayinladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Vitaliy Malikovni aksilterror qo‘mitasiga rahbar sifatida tayinlash haqidagi hujjatni imzoladi.

Bu farmon matni prezident saytida e'lon qilingan.

"Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Vitaliy Malikov Vladimirovich Aksilterror qo‘mitasi rahbari etib tayinlansin", deyiladi xabarda.

Biroz oldinroq, Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘i Valentin Nalivaychenko iste'foga chiqarilgan va uning o‘rniga Vasiliy Gritsak tayinlangandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish