19:48 / 24.06.2015
5085

Putin YeI mahsulotini Rossiyaga olib kirishga o‘rnatilgan cheklovni uzaytirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin YeI hududidan Rossiyaga mahsulot olib kirishga o‘rnatilgan cheklovni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Qoida bugundan kuchga kiradi. Putinning fikricha, bunday choralar mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yaxshi imkoniyat yaratib berishi mumkin.
Shuningdek, davlat rahbari hukumatga murojaat qilib, mahsulot embargosi haqidagi qarorni tezroq e'lon qilishga chaqirdi.

Top