Jahon | 17:20 / 24.06.2015
2026
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Yaponiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening uni Tokioga kelish uchun bildirgan taklifiga rozilik bildirgan. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Putin 2015 yilning ikkinchi qismida Tokioga safar uyushtiradi.

Ma'lum qilinishicha, Putin va Yaponiya bosh vaziri o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazilgan. Muloqot davomida Ukraindagi vaziyat ham muhokama qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish