Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda konchilar va metallurglar 50 yoshdan nafaqaga chiqa oladi
Qozog‘iston Majlisi plenar yig‘ilishida “Nafaqa ta'minoti bo‘yicha ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Konchilarning nafaqaga chiqish yoshini qisqartirish tashabbusi deputat Muxtor Tinikeyevga tegishli.
“50 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil sog‘liq uchun xavfli ishlab chiqarishlarda ishlagan va nafaqa to‘plamlari yaxshi bo‘lganlar yagona milliy nafaqa jamg‘armasidan ta'minlanadi. Bunday odamlarning nafaqa to‘plamlari qancha bo‘lishi kerak, va metallurglar 50 yoshda nafaqaga chiqishga umid qilsalar bo‘ladimi?”, – uning so‘zlarini keltiradi Zakon.kz nashri.