Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Qozog‘istonning yetakchi partiyalari hamkorlik haqida kelishuv imzoladi
Rossiyaning “Yedinaya Rossiya” va Qozog‘istonning “Nur Otan” partiyalari hamjihatlik va hamkorlik haqida kelishuv imzolashdi.
“Yedinaya Rossiya” Rossiya Davlat dumasida 53 foiz ovozga egalik qiladi, partiya yetakchisi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, 2012 yildagi parlament saylovlarida 81 foiz ovoz olgan “Nur otan” partiyasi yetakchisi esa Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hisoblanadi.
“Nur Otan” partiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Baurjon Boybek boshchiligidagi partiya delegatsiyasi 23 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurdi. Qozog‘istonlik delegatsiya bilan “Yedinaya Rossiya” bosh kengashi kotibi (partiyadagi ikkinchi odam), Davlat dumasi vitse-spiker Sergey Neverov va partiyaning Dumadagi fraksiya boshlig‘i Vladimir Vasilev uchrashdi.
Vasilev partiyalararo aloqalar Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlatlararo va parlamentlararo aloqalar, ikki davlat orasidagi barcha turdagi munosabatlarning eng yuqori darajada rivojlanishi va qo‘llab-quvvatlanishiga katta hissa qo‘shishini ta'kidlab o‘tdi.