O‘zbekiston | 18:19 / 24.06.2015
2163
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent mexanika zavodi 11.6 mlrd so‘mlik aksiyalar chiqaradi

“Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida donasi 4 ming so‘m turadigan, umumiy qiymati 11.6 mlrd so‘mni tashkil qiladigan jami 2 907 072 dona aksiyani bozorga chiqarish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda kompaniya tarqatgan xabarnomadan ma'lum bo‘ldi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, sobiq aviasozlik zavodi 2020 yilga qadar 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotni, butlovchi qismlar va materiallarni lokalizatsiya qilish dasturiga binoan 18 turdagi maishiy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. O‘zlashtirilayotgan ishlab chiqarishlar ro‘yxatiga xo‘jalik qurollaridan tortib velosipedlarning qismlariga qadar kiritilgan.
Rejaga ko‘ra, 2016 yili 2 ming dona bolalar kolyaskasi va ming dona samokat hamda velosipedlar ishlab chiqariladi.
2019 yilga qadar zavod elektr qizitgichlar ishlab chiqarish hajmini yiliga 20 ming donaga, kichik quvvatli elektr dvigatellari hajmini 10 ming donaga, payvandlash apparatlari sonini 500 donaga yetkazadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish