Jahon | 22:27 / 24.06.2015
1691
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada korrupsiya uchun o‘lim jazosi joriy qilinishi mumkin

Ukraina Oliy Radasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun o‘lim jazosi qo‘llash bo‘yicha qonun loyihasi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Ushbu qonun loyihasi muallifi “Blok Petra Poroshenko” deputatlik fraksiyasining a'zosi Sergey Kaplin hisoblanadi.

Avvalroq “Narodnyy front” fraksiyasi deputati Yuriy Bereza harbiy harakatlar davrida o‘lim jazosini kiritishni taklif filgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish