08:27 / 24.06.2015
3633

UZMOBILE aloqa operatori HD Voice texnologiyasini joriy qildi

“O‘zbektelekom” AJning UZMOBILE mobil aloqa operatori nutqni uzatishning juda sifatli texnologiyasi – HD Voice`ni amaliyotga tatbiq qildi.

Bu istiqbolli texnologiyani oddiygina “Yuqori ko‘rsatkichdagi aloqa” yoki “Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effektga ega ovoz” deb aytish mumkin.

Mobil telefon orqali HD Voice texnologiyasidan foydalanib so‘zlashganda suhbatdoshingiz go‘yoki yoningida turgandek his paydo bo‘ladi.

HD Voice texnologiyasi nutq anglanishini sezilarli darajada oshiradi, so‘zlarning oxiri yo‘qolib qolishi effektini bartaraf etadi, ovoz tembri, alohida tovushlarning aytilishi va suhbatdosh nutq ohangini buzilishlarsiz uzatadi.

Agar telefonda suhbatlashayotgan ikki mijoz “UZMOBILE GSM”ning 3G tarmog‘ida bo‘lsa va ularning telefonlari WB-AMR kodegini qo‘llab-quvvatlasa, HD Voice avtomatik ravishda ishga tushadi.

“Suhbatdoshingiz yoningizda turgandek effekti” sizga o‘zingizning suhbatdoshingizdan ko‘plab kilometrlar uzoqlikda joylashganingizni unutishingizga imkon beradi.

Telefon tomonidan WB-AMR texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi axborotni telefon yo‘riqnomasidan yoki telefon ishlab chiqaruvchisini qo‘llab-quvvatlash xizmatidan aniqlashtirib olish mumkin.

Top