Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 30 tonna tarvuz olib ketayotgan yuk mashinasi YTHga uchradi
Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida ko‘p miqdordagi tarvuz yuklangan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda Shina Central Television xabar bergan.
Ma'lum qilinishicha, haydovchi rulni boshqara olmay qolgan va mashina katta tezlik bilan yo‘l chetidagi bino hovlisiga to‘siqlarni bosib o‘tgan holda kirib borgan. Natijada, yuk mashinasidagi 30 tonna tarvuz yerga to‘kilib, yorilib ketgan.
Qayd etilishicha, bu hodisa erta tongda sodir bo‘lgan va atrofda hech kim yo‘qligi tufayli odamlar jabrlanmagan.
Politsiyaning aniqlashicha, yuk mashinasi bu hududga yetib kelgunicha ham bir qancha daraxtlarni ag‘darib, bosib o‘tgan.