Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:20 / 24.06.2015
1563
1 daqiqa o‘qiladi
Zayniddin Zidan: «Real»ni boshqarish taklifini rad etmayman, ammo hali vaqtim kelmadi
"Real Kastilya" jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Real" klubini boshqarishga erta ekanini navbatdagi marta aytib o‘tdi.
"Anchelotti "Real"dan ketgani qayg‘uli albatta. Ammo kuchli klublardagi qonuniyat shunaqa - sovrin yuta olmasang, jamoadan ketasan.
Meni bosh murabbiylikka chaqirishmaganidan hafsalam pir bo‘lmadimi? Mening vaqtim hali kelganicha yo‘q. Agarda menga bosh murabbiylikni taklif etishsa, rad etmagan bo‘lardim.
Chunki men professionalman va bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermayman", - deydi Zidan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish