Jahon | 17:10 / 25.06.2015
1666
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston prezidenti ShHT yig‘ilishiga tashrif buyuradi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Shanxay hamkorlik tashkilotining Ufadagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda sobiq prezident Hamid Karzay matbuot anjumani chog‘ida ma'lumot berdi.
“U yaqinda Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi. ShHT doirasidagi uchrashuvda ishtirok etadi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
Karzayning fikricha, Ahmadzay rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan muloqot qilishga va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishni muhokama qilishga vaqt topadi.
Shuningdek, sobiq prezident Afg‘oniston ShHT tarkibiga to‘laqonli a'zo sifatida qo‘shilmoqchi ekanligini va ushbu masala tez orada ko‘rib chiqilishini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish