08:50 / 25.06.2015
2839

Armaniston politsiyasi Yerevan shahrida namoyish o‘tkazishni targ‘ib qilgan ukrainalikni qo‘lga oldi

Elektr energiyasi narxlari oshgani munosabati bilan 23 iyun kuni Armaniston poytaxti Yerevan shahrida minglab kishilar ishtirokida boshlangan norozilik namoyishlari targ‘ibotchilaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda "Novosti Armeniya" nashri xabar bergan.

Politsiya boshlig‘i Unan Pogosyanning aytishicha, namoyish targ‘ibotchisi sifatida qo‘lga olingan shaxs Ukraina fuqarosi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, politsiya avvaliga undan maydonni tark etishini so‘ragan, ijobiy javob olinmagach, uni hibsga olgan.

Pogosyanning ma'lum qilishicha, namoyish tinch o‘tayotgani tufayli hududni nazorat qilayotgan huquq-tartibot xodimlari sonini oshirishga ehtiyoj mavjud emas.

Top