09:58 / 25.06.2015
6136

Barak Obamaning noan'anaviy jinsiy oriyentatsiya vakillariga qaratilgan nutqi noma'lum shaxs tomonidan bo‘lindi

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining qo‘riqlash xizmatidan u o‘tkazayotgan matbuot anjumanda janjal ko‘targan shaxsni zaldan chiqarib yuborishini so‘radi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Voqea Oq uyda noan'anaviy jinsiy oriyentatsiya vakillari jamoatchiligiga bag‘ishlangan qabul marosimida Obama nutq so‘zlayotganda ro‘y berdi.

“Siz o‘zingizni bosib olasiz yoki chiqib ketishingizga to‘g‘ri keladi. Yaxshi, iltimos uni olib chiqib ketinglar”, deb yuzlandi Obama o‘z qo‘riqchilariga.

Bunga javoban janjalkash “Deportatsiyalarga yo‘l qo‘ymang!”, deb baqirib qoldi.

“Odatda men bunday o‘z hissiyotlarini jilovlay bilmaydiganlarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘laman. Biroq o‘z uyimda emas”, deb aytdi Obama.

Qayd etilishicha, Obamaning nutqini bo‘lgan shaxs muhojirlar orasida noan'anaviy jinsiy oriyentatsiya vakillari huquqlari uchun kurashuvchi faol bo‘lgan.

Top