Sport | 19:04 / 25.06.2015
1521
1 daqiqa o‘qiladi

Iliya Yorga Toshkentda fudokan karate bo‘yicha amaliy seminarlarni boshladi

Toshkentga O‘zbekiston fudokan karate federatsiyasi raisi taklifiga ko‘ra Xalqaro an'anaviy fudokan karate federatsiyasi prezidenti Iliya Yorga tashrif buyurgani xabar qilingan edi. Uning Toshkentga 4-marta tashrif buyurishidir.
25-27 iyun kunlarida “Dinamo” sport kompleksida 6-35 yoshdagi 200 nafar sportchi Yorga boshchiligidagi mahorat maktablari va amaliy seminarlarda ishtirok etadi.
Bugun mashg‘ulotlar start oldi. “Jahon” axborot agentligi tayyorlagan fotoreportajda mashg‘ulotlarning birinchi kuni aks ettirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish