Sport | 22:42 / 25.06.2015
4843
1 daqiqa o‘qiladi

Independent: Xara Kavaniga nisbatan amalga oshirgan nojo‘ya xatti-harakati uchun Amerika Kubogining oxirigacha o‘yinlardan chetlashtirildi

Futbol bo‘yicha Chili terma jamoasi himoyachisi Gonsalo Xara Urugvayga qarshi uchrashuvda urugvayliklar hujumchisi Edinson Kavaniga nisbatan amalga oshirgan nojo‘ya xatti-harakati uchun Amerika Kubogining oxirigacha musobaqadan chetlashtirildi. Uchrashuv Chili foydasiga 1:0 hisobida yakunlangan.

Xara uchrashuv davomida Edison Kavanining ketiga shapalatib, barmog‘ini ishga solgan holda nojo‘ya harakatni amalga oshirgan. Kavani bunday xatti-harakatdan darg‘azabligini namoyish qilganda Xara maydonga qulab, yuzini changallab, o‘zini go‘yoki raqibidan kaltak yegandek tuta boshlagan. Oqibatda Kavani “yemagan somsasi” uchun haq to‘lab, maydondan chiqarilib yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish