Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada MERS virusi qurbonlari soni 29 nafarga yetdi
Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi MERS virusidan o‘lim bilan yakunlangan yana ikki holat qayd etilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Natijada, virus epidemiyasi oqibatida halok bo‘lganlar soniga 29 nafarga yetdi.
Vazirlik, shuningdek, virusdan kasallanganlar soni 180 nafarga yetganini ma'lum qilgan.
Shifoxonalarda MERS virusidan davolanayotgan 77 kishi qolmoqda.
Karantinda saqlanayotganlar soni 3,1 ming nafarga yetdi, bir kun oldin ularning soni 2,8 ming nafarni tashqil qilayotgan edi.
Qayd etilishicha, virus bir oy avval aniqlangandan beri 13 ming kishi karantinga tushgan, ulardan 11 ming nafari ikki hafta ichida qo‘yib yuborilgan. Aynan shu davr MERS virusining eng maksimal inkubatsion davri hisoblanadi.