18:25 / 25.06.2015
1640

Konimexda olti bosh qo‘yni o‘g‘irlagan jinoyatchi ushlandi

Navoiy viloyati Konimex tumani IIBga Yangi G‘azg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaroning dala maydonidan noma'lum shaxs olti bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilari bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxsning alohida belgilari aniqlandi

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi 32 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi.

Hozirda uning boshqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top