15:24 / 25.06.2015
2596

Mirabror Usmonov terma jamoaga har qanday mablag‘ evaziga, har qanday mutaxassisni jalb etishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasining majlisida terma jamoaga xorijdan mutaxassis olib kelishga doim tayyor ekanini bildirdi.

Usmonov milliy terma jamoaga xorijlik mutaxassis jalb etilishi nega bir yil davomida ijobiy hal qilib kelmaganligini tilga olib o‘tib, terma jamoalar mutasaddilarini so‘roqqa tutdi, deb yozadi O‘FF rasmiy sayti.

«Men bir yildan beri milliy terma jamoaga xorijiy mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha sizlarga taklif va mulohaza kiriting deyman, nega indamaysizlar? Qani taklif? Har qanday mablag‘ evaziga, har qanday mutaxassisni jalb etishga tayyor ekanligimni har majlisda takrorlasam ham hech biringiz indamaysiz?!»

Shuningdek, O‘FF prezidenti terma jamoaning navbatdagi o‘yiniga qadar jamoada xorijlik mutaxassis ish boshlashini shart qilib qo‘ydi: «Nega Terma jamoalar markazi bu masalani ijobiy hal qilmay, bir yildan beri cho‘zib yuripti. Bu masalani shaxsiy nazoratim ostiga olaman va muxlat beraman. Navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik boshlanguncha, terma jamoada xorijlik maslahatchi murabbiy ish boshlashi kerak. Tamom!», deya Usmonovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi O‘FF rasmiy sayti.

Top