Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:47 / 25.06.2015
1473
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvada 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida 60ta mehmonxona quriladi
Futbol bo‘yicha 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Moskva shahrida 60ta mehmonxona quriladi, deb xabar beradi Interfaks agentligi Moskomstroyinvest raisi Konstantin Timofeyevga tayangan holda.
“Jahon chempionatiga qadar Moskvada 60ta mehmonxona quramiz. Ular 3, 4 va 5 yulduzli bo‘ladi. Ularda umumiy miqdorda 13 ming o‘rin bo‘ladi”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
“Mehmonxonalar uchun 500 ming kv. m joy ajratiladi”, – qo‘shimcha qildi Timofeyev.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish