Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada musulmonlar maxsus dastur orqali xayr-ehson berishlari mumkin bo‘ladi
Moskva musulmonlar xayriya tashkiloti Ramazon oyida joriy qilingan xayr-ehsonlarni (fitr ro‘za, zakot amallari) amalga oshirish mumkin bo‘ladigan mobil dastur ishlab chiqdi. Bu haqda “Rossiya musulmonlari” diniy boshqarmasi rasmiy saytida xabar berilmoqda.
“Yangi dastur musulmonlarga va nafaqat ularga real vaqt rejimida xayr-sahovat sohasidagi loyihalar va boshqa dolzarb voqealar haqida eng so‘nggi yangiliklarni olishga imkon beradi”, deyilmoqda xabarda.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar dastur yordamida “Zakot” jamg‘armasining xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy va ta'limiy dasturlari uchun pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Dasturni AppStore va Google Play dasturlar do‘konlari orqali bepul yuklab olish mumkin.