O‘zbekiston | 12:27 / 25.06.2015
1742
1 daqiqa o‘qiladi

Oxirgi besh yil ichida 1 900 harbiy xizmatchi yangi xonadonlarga ega bo‘ldi

Oxirgi besh yil ichida 1 900 harbiy xizmatchi yangi xonadonlar bilan ta'minlandi. Bu haqda O‘zbekiston mudofaa vazirligi Toshkent xonadon ekspluatatsiyasi qismi uy-joy jamg‘armasidan foydalanish nazorati bo‘limi boshlig‘i mayor Jo‘rabek Murodov ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari yangi qurilgan va qayta ta'mirlangan uylardan turarjoylarga ega bo‘lmoqda. Buning uchun xonadonlar jismoniy va yuridik shaxslardan sotib olinmoqda. Shuningdek, zobitlar va serjantlar uchun ipoteka kreditlari asosida uy qurish takomillashmoqda.
Yangi ish joylariga yaqinda tashrif buyurgan bir guruh harbiy xizmatchilar ijara uylarida turishga majbur bo‘lmoqda, ammo ularning uy xarajatlari uchun davlat tomonidan har yili 40 mlrd so‘m ajratilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish