12:12 / 25.06.2015
2135

O‘zbekistonda 1.4 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborildi

O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati hukumat topshirig‘iga binoan narkobiznesga qarshi kurash chog‘ida qo‘lga tushirilgan 1.4 tonna giyohvand moddalarni yoqib yubordi.
Moddalar Toshkentdagi korxonalardan birining pechlarida giyohvand moddalar nazorati bo‘yicha komissiya, BMT giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi va OAV vakillari guvohligida yoqib yuborildi.
Moddalar umumiy hajmidan 133.3 kg geroin, 775 kg afyun, 93.2 kg gashish, 309 kg marixuana, 84 kg ko‘knor va boshqa moddalar tashkil qildi.
Birinchi marta bunday aksiya O‘zbekistonda 1994 yili o‘tkazilgan edi: o‘shanda 14 tonna giyohvand moddalar yoqib yuborilgan edi. Shundan buyon yoqib yuborilgan moddalar hajmi 54 tonnani tashkil qildi.

Top