Jahon | 16:52 / 25.06.2015
1475
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada samolyotning favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘lgan erkak hibsga olindi

Polsha politsiyasi Modlin aeroportida Airbus A380 samolyotining favqulodda qo‘nishiga sabab bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.
Ilgariroq TVN42 kanali Modlin aeroportida Airbus A380 samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqida xabar bergandi.

Aytilishicha, noma'lum erkak qo‘ng‘iroq qilib, samolyot bortida portlovchi modda borligini aytgan. Keyinchalik bortdan darhaqiqat shubhali buyum topilgan. Uning portlovchi modda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, samolyot qo‘ndirilgan.
Ryanair kompaniyasining samolyoti Modlindan Osloga ketayotgan edi. Uning bortida 160 kishi bor edi.

Tekshiruv natijasida samolyotda hech qanday xavfli buyum yo‘qligi aniqlandi.
Telefon qo‘ng‘irog‘ini 48 yoshli erkak amalga oshirgani aniqlandi. U hibsga olindi.
Polsha qonunchiligiga muvofiq, yolg‘on tahdid uchun odam 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish