Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Inha universitetida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkaziladi
Ishlab chiqarishni ta'lim sohasi bilan uyg‘unlashuvini ta'minlash, shuningdek, talabalar, ish izlovchilar va ish beruvchilar manfaatlarini inobatga olgan holda 2015 yilning 26 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida«Ochiq eshiklar kuni» hamda AKT tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida «Karera va malaka oshirish yarmarkasi»(Internship & Career Fair IUT 2015) tashkil etilmoqda.
«Ochiq eshiklar kuni» abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga Toshkent shahridagi Inha universitetida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va joriy o‘quv yiliga kirish imtihonlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risida batafsil ma'lumot ga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
«Karera va malaka oshirish yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2015) yarmarkasi birinchi bor o‘tkazilib, Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari hamda AT-mutaxassislarini tayyorlaydigan boshqa OO‘Yularining talabalari, hamda AKT sohasining boshqa manfaatdor mutaxassislari o‘z tashkilotlarining taqdimotini o‘tkazib, malaka oshirish imkoniyati to‘g‘risida ma'lumot berishadi. AKT kompaniyasi vakillari ish izlovchilar bilan suhbat o‘tkazishadi, shuningdek, o‘z tashkilotlarining taqdimotini o‘tkazib, malaka oshirish imkoniyati to‘g‘risida ma'lumot tarqatishadi. Universitet tomonidan kompaniyalarga bepul tarzda o‘z taqdimotlarini o‘tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi.
Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy manzili bo‘yicha soat 9-00 dan 17-00 gacha o‘tadi.