21:10 / 25.06.2015
1209

Turkish Airlines ga tegishli samolyot portlash xavfi tufayli Kopengagenda shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi

Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot portlash xavfi tufayli Kopengagenda shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Politsiyachilarning aytishicha, samolyot ekipaji samolyotda yo‘lovchilarning hech biriga tegishli bo‘lmagan shubhali sumka aniqlangandan keyin ehtiyot chorasi sifatida samolyotni qo‘ndirishga qaror qilgan.

“Samolyot bortida hech kimga tegishli bo‘lmagan kichik o‘lchamdagi sumka aniqlangan va ekipaj shoshilinch qo‘nishga ruxsat olish uchun Kopengan aeroporti bilan bog‘langan”, deb aytilmoqda huquq-tartibot muassasalari bergan xabarda

Ayni paytda barcha yo‘lovchilar va samolyot ekipaji evakuatsiya qilindi, mutaxassislar samolyotni portlovchi qurilma borligiga tekshirmoqdalar.

Top