O‘zbekiston | 10:22 / 25.06.2015
1710
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘quv yilida O‘zbekiston maktablari qariyb 26 mln nusxa darslik oladi

2015-2016 o‘quv yili uchun barcha umumta'lim maktablari ehtiyojidan kelib chiqqan holda jami 454 nomda 25 mln 708 ming nusxadan ortiq darslik va qo‘llanmalar chop etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda nashriyot va bosmaxonalar tomonidan nashr etilgan darsliklar va o‘quv metodik qo‘llanmalar qabul qilinib, joylarga yetkazilmoqda.
Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Bahriddin Shayvaliyev “Darakchi” gazetasiga ma'lumot berdi.
Aytilishicha, prezidentning 2012 yil 10 dekabridagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 1-2 sinf chet tili darsliklarining mantiqiy davomi sifatida yangi o‘quv yiliga 3-sinf o‘quvchilari uchun mualliflar guruhi tomonidan chet tillaridan davlat ta'lim standarti va o‘quv dasturi asosida darslik, mashq daftari, o‘qituvchi kitobi, multimedia ilovalari ishlab chiqilib, nashriyotlar va bosmaxonalar tomonidan chop etilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish