Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:31 / 25.06.2015
1181
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya bosh vaziri Olimpiada-2020 tashkilotchiligi uchun mas'ul vazirni tayinladi
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiada tashkil qilish bo‘yicha mas'ul vazir lavozimiga Tosiaki Endoni tayinladi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.
Bosh vazir Endodan barcha vazirlar, Tokio hokimligi bilan yaqin aloqada bo‘lishni va shuningdek, qattiq mehnat qilishi lozimligini tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilgi yozgi olimpiada va paralimpiya o‘yinlari Yaponiya poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish