Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
25 yil ichida Rossiyada giyohvandlar soni 146 barobar ko‘paydi
Rossiya giyohvand aylanmasi nazorati federal xizmati rahbari Viktor Ivanovning so‘zlariga ko‘ra, 1980-yillarning oxiridan buyon mamlakatda giyohvandlar miqdori 146 marta oshgan.
“80-yillarda giyohvandlar soni 50 ming kishini tashkil qilgan edi. Ya'ni giyohvandlik deyarli bo‘lmagan. Ikki-uch kun muqaddam giyohvandlar soni 8 mln kishini tashkil qilgan edi, hozir bu ko‘rsatkich 7.3 mln kishiga yetgan”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ivanovning fikricha, giyohvandlar sonining o‘sishi chegara nazoratining kuchsizlanishi bilan bog‘liq: olib kirilayotgan giyohvand moddalarning faqat 1 foizi chegarada ushlab qolinadi.