Jahon | 10:12 / 26.06.2015
2740
1 daqiqa o‘qiladi

Angela Merkel: YeI davlatlari Gretsiya va Italiyadan 60 ming muhojir qabul qilishga tayyor

Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar Gretsiya va Italiyadan 60 ming muhojir qabul qilish va ularni ixtiyoriy ravishda taqsimlash borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel YeI sammitining birinchi kun yakunlariga ko‘ra bayon etib o‘tdi.

“Davlatlar Gretsiya va Italiyadan muhojirlar qabul qilish va ularni ixtiyoriy ravishda taqsimlash borasida kelishuvga erishdi. Biz ixtiyoriy ravishda O‘rta yer dengizidan tashrif buyurgan muhojirlarni qabul qilamiz, ulardan 40 ming nafari Italiyada, 20 ming nafari Gretsiyada”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish