Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil o‘g‘rilari uzoqqa borolmadilar
Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani IIBga Qo‘shtegirmon qishlog‘ida yashovchi ayol uyida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan ikki nafar hamqishlog‘i ustidan ariza bilan murojaat qilgan. Arizada ta'kidlanishicha, ta'mirlash ishini olib borgan shaxslar ayolning uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib, uning garajidagi “Lasetti” rusumli avtomobilni olib qochib ketishgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida avtomashina shu qishloq hududida yo‘l chetidagi betonga urilgan holda topildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxslar qo‘lga olindilar.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.