Jahon | 14:15 / 26.06.2015
2938
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda ikkita qozog‘istonlik turmadan qochib, shahar o‘rtasida otishma uyushtirdi

Qirg‘izistonda qamoqdan qochib ketgan ikkita Qozog‘iston fuqarosi qidirilmoqda. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, ulardan biri Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlarini ko‘rganda havoga qarata o‘q uzgan. Shundan so‘ng jinoyatchilar qochib ketgan.
24 yoshli Alber Abxin Sotvoldio‘g‘li va 27 yoshli Jonbo‘lat Amirov Qirg‘izistonda hujjatlarni soxtalashtirish va davlat chegarasini buzishda ayblanib qamoqqa olingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish