19:09 / 26.06.2015
2335

Dunyoda har yili 200 mingga yaqin kishi giyohvandlik qurboniga aylanmoqda

Dunyo bo‘yicha yiliga taxminan 200 ming nafar odam giyohvandlik natijasida vafot etadi. Bu haqda Toshkentda Birlashgan millatlar tashkilotining giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy vakillari (UNODC) ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida UNODCning Osiyodagi vakili Ashita Mittal ma'lum qildi.

«Jahon» axborot agentliginingi xabar berishicha, mazkur anjuman Xalqaro giyohvandlikka va ularning noqonuniy savdosiga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab tashkil etildi.

Mittalning so‘zlariga ko‘ra, 2013 yilda yer yuzining 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 246 million aholisi noqonuniy giyohvand moddalarini iste'mol qilib kelgan. Shundan 27 million nafari giyohvand moddalar muammoli iste'molchilari sanalishadi.

Shuningdek, u 2014 yilda global ravishda afyun ishlab chiqarish hajmi 7,554 tonnani tashkil qilganini ham ta'kidlab o‘tdi.

Top