09:40 / 26.06.2015
3277

Fransiya Snouden va Assanjga siyosiy boshpana berishi mumkin

Eduard Snouden hamda Julian Assanjga Fransiyadan siyosiy boshpana berilishi ehtimoli yo‘q emasligini bildirdi. Bu haqda CNN xabar qilgan.

Bu haqdagi ma'lumot Fransiya Adliya vaziri Kristian Tobir tomonidan aytilgan.

"Agar Fransiya Eduard Snouden hamda Julian Assanjga siyosiy boshpana bersa, men bundan ajablanmayman. Shunday bo‘lishi ehtimoli yuqori", deydi u.

Kristian Tobirning aytishicha, bu masala Fransiya prezidenti va bosh vaziri tomonidan hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq Assanj boshchilik qiladigan WikiLeaks portali AQShning Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan fransuz prezidentlari ortidan 2006-2012 yillar davomidan josuslik ishlari olib borilgani haqida ma'lumot tarqatilgandi.

Top