Jahon | 17:05 / 26.06.2015
2099
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada qo‘poruvchilikni uyushtirishda ayblanayotgan yana bir terrorchi o‘ldirildi

Fransiya janubi-sharqida sodir etilgan qo‘poruvchilikda gumon qilinayotgan terrorchilardan biri maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sen-Kentan-Falave shahridagi zavodga noma'lum shaxs hujum uyushtirib, benzin baklarini portlatib yubordi. Voqea joyida tanadan judo qilingan bosh topilgan. Bosh arabcha xatlar tushirilgan matoga o‘ralgan edi.
Qo‘poruvchilikni amalga oshirgan ekstremist uning boshini zavod devoriga qo‘yib ketgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uning zavod ishchisi emasligin aniqlashdi.
Gumondor qo‘lga olindi, ammo hozircha ko‘rsatma berishdan bosh tortmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish