Jahon | 15:17 / 26.06.2015
4647
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyadagi kimyoviy zavodga terrorchi hujumi amalga oshirildi

26 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00da Fransiyaning Lion shahri yaqinidagi Sen-Kentan-Falave shahridagi Air Products zavodiga "IShID" bayrog‘ini ko‘tarib olgan terrorchi hujum uyushtirdi. U benzin baklarini yoqib yuborgan. Bu haqda Le Figaro xabar bergan.

Ushbu terakt ijrochisi zavod xodimlaridan birining boshini kesib olgani va bir qancha kishini jiddiy jarohatlagani aytilmoqda.

OAVlarda yozilishicha, kesib olingan bosh zavod devoriga osib qo‘yilgan va u o‘ralgan matoga arabcha yozuvlar yozilgan.

Ayni vaqtda Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev voqea joyiga yetib kelgan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish