07:49 / 26.06.2015
3331

Merkel Ukraina mojarosining ikkala tomoni ham tinchlikka amal qilmayotganini aytdi

Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitida bu gal Ukrainadagi mojaro borasida so‘z yuritilmadi, deb aytdi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Germaniya kansleri Angela Merkel. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz bugun Ukraina haqida gaplashmadik. Bu mavzuni 26 iyun kuni Yevropa Ittifoqining yagona tashqi siyosati haqida so‘z yuritilganda muhokama qilishimiz mumkin”, deb aytdi Merkel matbuot-anjumanida.

Merkel Ukraina inqirozini hal qilishda “Minsk kelishuvlari hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini” ta'kidlab o‘tdi.

“Ukrainadagi to‘qnashuvlarning ikkala tomoni ham tinchlikka amal qilmayaptilar. Ayirmachilar tomonidan bunga ko‘proq yo‘l qo‘yilmoqda, biroq kelishuvga ikkala tomon ham amal qilishi kerak”, deb aytmoqda Merkel.

Top