Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:39 / 26.06.2015
2701
1 daqiqa o‘qiladi
Mircha Luchesku: “Duglas Kostani “Bavariya”da Robbenning pozitsiyasida ko‘rmoqdaman”
Ukrainaning “Shaxtyor” futbol jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku jamoa yarimhimoyachisi Duglas Kostaning “Bavariya”ga o‘tganini tasdiqladi.
“Mening fikrimcha, bu normal holat. Unga “Inter” ham qiziqish bildirayotgan edi. Kishdan beri muzokaralar olib borilayotgan edi.
Biz bilan Duglas boshqa taraqqiy qila olmas edi. Uni Robbenning pozitsiyasida ko‘rmoqdaman, chunki ularning o‘ynash uslublari o‘xshash. Duglas endi 24 yoshda va u hali bemalol o‘sa oladi”, deb aytdi Luchesku.