Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada yo‘lovchilar poyezdida 3 tonna kumush topildi
Moskvadagi “Moskva-Yaroslavskaya” temiryo‘l stansiyasida yo‘lovchilar poyezdida deyarli 3 tonna kumush topildi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Rossiya Ichki ishlar vazirligining temiryo‘lga javob beruvchi xodimlari “Moskva-Yaroslavskaya” stansiyasida tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kumush ekanligi aytilayotgan qimmatbaho metallni noqonuniy olib ketilayotganini aniqlashdi. Yuk yo‘lovchi poyezdining pochta-yukxona vagonidan topildi”, deyilmoqda vazirlik bergan xabarda.
Qayd etilishicha, hammasi bo‘lib latta paketlarga solingan 90 dan ko‘proq yombi topilgan.
Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.