09:29 / 26.06.2015
2014

"Napoli" Iguainning transfer narxi 94 736 000 yevroligini ma'lum qildi

"Napoli" matbuot kotibi Nikolas Lombardo jamoaning argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguainning transfer narxini ma'lum qildi.

"Napoli" Iguain bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritishni va uning ehtimoliy transferi haqida ma'lumot berishni istaydi.

Klub shuni ma'lum qiladiki, futbolchining shartnomasida uning transfer qiymati 94 736 000 dollar etib belgilangan. Ushbu mablag‘dan kam bo‘lgan qiymatdagi takliflar ko‘rib chiqilmaydi", - deydi Lombardo.

Eslatib o‘tamiz, Iguain bilan "Arsenal" "Manchester Siti", "Liverpul" va "Milan" jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Top