Jahon | 14:03 / 26.06.2015
4130
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Putinni yana bir bor Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi. Oq Uy matbuot xizmati tarqatgan axborotnomaga ko‘ra, telefon muloqotining tashabbuskori Vladimir Putin bo‘ldi.
Suhbat jarayonida Obama yana bir bor Putinni Minsk kelishuvlariga rioya qilgan holda Ukraina sharqidagi ixtilof hududlaridan Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishga chaqirdi.

AQSh va YeI Rossiyani ixtilofga aralashishda ko‘p bora ayblaganiga qaramay, Rossiya hanuzgacha o‘zini ixtilof tomonlaridan biri sifatida tan olishdan bosh tortib kelmoqda. Shuningdek, Rossiya rasmiylari mamlakat janubi-sharqidagi rus ayirmachilarini qo‘llab-quvvatlayotganini ham inkor qilib kelmoqda. Shunga qaramay, mamlakat u yoki bu darajada Ukrainaning amaldagi rahbariyati bilan kelishmovchiliklarga borib, ayirmachilarga xayrixohlik bildirishda davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish